Jamshid Sharifjonovich Egamberdiyev axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qilindi vazirlikdan «Gazeta.uz»ga. U investitsion va moliyaviy masalalarga javob beradi.

Bunga qadar Jamshid Egamberdiyev (1982 yilda tug‘ilgan) 2017 yildan buyon «Aloqabank» raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (bakalavr — 2004, magistratura — 2006). Mutaxassisligi — biznes boshqaruvi.

Bank tizimida 2004 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.