20 mart kuni taxminan 17:20 da Buxoroda A-380 avtomobil yo‘lining 222-kilometrida harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz-ballon uskunasi portladi, deya xabar qildi IIV YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa natijasida avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 50 yoshli L.S. hodisa joyida, 24 yoshli A.U. va voyaga yetmagan 3 yoshli A.G‘. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etishgan.

Mashina haydovchisi 50 yoshli I. N. va old o‘rindiqdagi 27 yoshli B. U. yengil tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga murojaat qilishdi.

Portlash sabablari o‘rganilmoqda.

Avvalroq, 18 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida esa somsaxonada gaz balloni portlashi natijasida yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro A. T. o‘z uyida noqonuniy ravishda tashkil etgan somsaxona tashkil etgan. 20 litr xajmli gaz baloni yorilib, suyultirilgan uglevodorod gazining havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada somsaxonani ishlatib kelayotgan T.Yuldoshev (1989 y.t.), ishchilari D.Yuldoshev (1990 y.t.) va S.Raxmatova (1995 y.t.) hamda mijoz A.Tursunov (1988 y.t.), Sh. Yuldoshev (1989 y.t.), X.Raimov (1977 y.t.) va S.Kamoliddinov (1985 y.t.) turli darajada kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan 18 mart kuni tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.