16 mart kuni taxminan 22:30 da Toshkentning Yunusobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTH natijasida piyoda vafot etdi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 36 yoshli Lacetti haydovchisi 59 yoshli Rahim Z.ni urib yuborgan. Erkak olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

YTHga haydovchi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgan, deya qayd etdi IIBB.