Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Operativ shtab ma’lumotiga ko‘ra, 79 yoshli ayolning o‘limiga koronavirus emas, balki qator surunkali kasalliklar sabab bo‘lgan. Bemorda quyidagi jiddiy kasalliklar bo‘lgan: qandli diabet, arterial gipertenziya, yurak ishemiyasi, serebrovaskulyar kasalligi va boshqalar.

Hozirgi kunda mamlakatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 140 kishidan oshgan, 5 kishi tuzalgan.