Saxi Saparmuxamedovich Annaklichev O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qilindi bank saytida.

Tayinlovga qadar u o‘tgan yilning kuzidan O‘zbekiston Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zsanoatqurilishbankning avvalgi rahbari Aziz Voitov oldinroq investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Saxi Annaklichev (1975 y. t.) mehnat faoliyatini 1996 yilda Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston bosh boshqarmasida valyuta-iqtisod bo‘limi yetakchi iqtisodchisi sifatida boshlagan. So‘nggi yillarda MBda turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi, Xalq banki rahbari o‘rinbosari bo‘ldi, Vazirlar Mahkamasida departamentlardan biriga rahbarlik qildi.