Yana uch kishi — 11 mart kuni Parijdan Toshkentga qaytgan ayolning onasi, kelini va hamkasbida ham COVID-19 koronavirusi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Barcha uch bemor qarindoshida infeksiya aniqlangan 15 martdan buyon tibbiy nazorat ostida edi.

Mamlakatda koronavirus yuqtirgani tasdiqlanganlar soni 18 nafarga yetdi. Ularning 7 tasi haqida 18 mart kuni habar qilindi. Bemorlarning barchasi — O‘zbekiston fuqarolaridir.