17 mart kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

2020/2021 o‘quv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, ya’ni o‘quv yiliga nisbatan 15,6 foizga ko‘proq talaba qabul qilish ko‘zlanmoqda. Magistr darajasiga esa 10 mingdan ziyod talabani qabul qilish taklif etilmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 40 foizга ko‘p demakdir. Shu bilan birga, sirtqi ta’lim shakliga 776 ta, kechki ta’lim shakliga esa 131 ta davlat granti ajratilgani. O‘tgan o‘quv yilida mazkur ikki ta’lim shakliga davlat grantlari ajratilmagan edi.

Yangi o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning asosiy ko‘rsatgichlari.

Yangi o‘quv yilidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant o‘rinlari ajratiladi. Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilida «Matematika» va «Tabiiy fanlar» ta’lim sohalari bo‘yicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Hujjat loyihasida ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga zarurat bo‘lganda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash huquqini berish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bosqichma-bosqich 2022−2023 o‘quv yiliga qadar (2020−2022 moliya yillari mobaynida) 2019−2020 o‘quv yiliga nisbatan ikki barobarga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Hujjat loyihasi muhokamalari 1 aprelga qadar davom etadi.