Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni yana ikki kishi ortganini ma’lum qildi. Istanbuldan kelgan yo‘lovchining turmush o‘rtog‘i va xuddi shu reysning boshqa bir yo‘lovchisida COVID-19 aniqlandi.

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da «O‘zbekiston havo yo‘llari» avia kompaniyasiga qarashli Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ushbu infeksiya qayd etilgan edi.