Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib Durdona Rahimova tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovdan oldin Durdona Rahimova Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan hamda o‘tgan yillar davomida ushbu tashkilotda mas’ul vazifalarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda ishlab kelgan Elbek Shukurov 8 fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi.