Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Koronavirusdan himoyalanish uchun nima qilish kerak?