O‘zbekistonda oziq-ovqa mahsulotlari taqchilligi bo‘lmaydi, deya xabar qildi «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi axborot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, bugungi kunda oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ushbu korxonalar o‘z rejimida ishlamoqda. Korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qo‘shimcha 30 foiz quvvatni ishga solish va ishni 2 smenada yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjud.

Mamlakatda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xom ashyo O‘zbekistonda yetishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari, sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi.