O‘zbekistonda barcha diniy konfessiyalarning ommaviy ibodatlari vaqtincha cheklandi, deya xabar berdi din ishlari bo‘yicha qo‘mita.

Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan mamlakatda juma va janoza namozlarini xonadonlarda o‘qishni so‘rab murojaat qildi.

Karantin davrida barcha diniy tashkilotlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasi diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklashni maslahat bergan edi.