Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Koronavirus infeksiyasi,o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib, mutaxassislardan tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalarni olishingiz mumkin.

Call-markaz kunu tun xizmat ko‘rsatadi.