15 mart kuni soat 06.00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida (ayol kishi) COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabar berdi.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.