O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari o‘tkazilmaydi. Bu haqda koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi shoshilinch yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda ommaviy marosimlar, jumladan uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinishi aytildi.

Avvalroq koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha OTM talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16 martdan ta’til berilishi haqida e’lon qilingan edi.