Vazirlar mahkamasi diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklashni maslahat berdi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishda ushbu masalaga ham to‘xtalib o‘tildi.

Avvalroq Covid-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari 16 martdan yopilishi, Navro‘z xalq sayillari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar o‘tkazilmasligihamda chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida (ayol kishi) COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.