Xorazm viloyatining Yangiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Maxsud Ortiqovich Saidov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga 2019 yildan buyon Agrosanoat kompleksini nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muhammadmurod Sobirovich Xudoyberganov tayinlandi.

O‘zgarish yaqinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hududga tashrifidan keyin amalga oshdi.

«Gazeta.uz» ixtiyoridagi ma’lumotga ko‘ra, Yangibozor va Xozarast tumanlarida ham hokimlarning yangilanishi kutilmoqda.