Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hududida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 12 martdan boshlab taktik aloqaning har qanday shakli taqiqlandi. O‘zJOKUrektori bu haqdagi buyruqni imzoladi, deya xabar qilindi OTM saytida.

«„O‘zini asraganni Xudo asraydi“ deb bejiz aytishmaydi. Keling, sog‘lig‘imizni asraylik — qo‘limizni tez- tez yuvib, har qanday virusli baxtsizlikdan ehtiyot choralarini ko‘raylik!» — deyiladi xabarda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan «Gazeta.uz»ga xabar qilinishicha, ushbu qaror — O‘zJOKUning shaxsiy tashabbusi. Mamlakatdagi boshqa OTMlar hozircha o‘z hududlarida taktil aloqani taqiqlash to‘g‘risida xabar bergani yo‘q.

Dunyoda COVID-19 tarqalayotgani manzarasida Sog‘liqni saqlash va Oliy ta’lim vazirliklari fevral oxirida OTM, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sanitariya-profilaktika choralarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma buyruq qabul qilgan edi.

Hujjatda, jumladan, o‘qituvchi va talabalarga koronavirus tarqalgan davlatlarga borishni cheklash, xalqaro tadbirlar, jumladan olimpiada o‘yinlariga tashrif buyurish va ishtirok etishdan voz kechish tavsiya qilingan. Shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning tana haroratini har kuni monitoring qilish, muntazam dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish, binolar havosini almashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, SSV JSST bilan birgalikda bolalar bog‘chalari va maktablar ma’muriyatlari uchun koronavirus infeksiyasiga barham berish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorladi. Xalq ta’limi vazirligidan «Gazeta.uz»ga ma’lum qilinishicha, SSV vakillari maktablar va XTBlar xodimlari uchun seminarlar tashkil etdi.