O‘zbekiston hukumati va Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun 40 mln yevro miqdorida moliyalashtirish o‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

«Ko‘zda tutilayotgan harakatlar fermer xo‘jaliklari va agrokorxonalarga yordam ko‘rsatish uchun davlat xizmatlarini kuchaytirishga qaratilgan 2020−2030 yillarda agrooziq-ovqat sektorini rivojlantirish davlat strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi», — deyiladi YeI saytidagi xabarda.

YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini ta’kidladi.

2020−2030 yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi o‘tgan yilning oktyabrida qabul qilingan edi. Uning maqsadi — qulay agrobiznes muhtini yaratish, davlatning sohadagi rolini kamaytirish, ilmiy yutuqlar va raqamli texnologiyalarni amalga joriy etishni kengaytirishdan iborat.