1 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 30,5 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Fevral oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralari 30,1 milliard dollarni tashkil etdi, shundan valyuta aktivlari 12,87 milliard dollarni (oyiga +258 million dollar), monetar oltin — 17,29 milliard dollarni (+335 million dollar).

Umuman olganda, yil boshidan buyon oltin-valyuta zaxiralari 1,3 milliard dollardan oshdi.