Fevral oyida o‘simlik moylarining eksport narxlari keskin tushib ketib, jahon oziq-ovqat narxlarining pasayishiga sabab bo‘ldi, deya xabar qildi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) matbuot xizmati. Qisman koronavirusning tarqalishi ortidan global talab kamayib, keyingi to‘rt oy ichida ilk bor oziq-ovqat narxlari jahon bozorida arzonladi.

Har oyda kuzatilib boriladigan FAOning xalqaro oziq-ovqat narxlari indeksi fevral oyidada o‘rtacha 180.5 punktni tashkil etdi. Ushbu raqam o‘tgan oyga nisbatan 1.0 foizga tushgan bo‘lsada, o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan 8.1 foizga balanddir.

FAO o‘simlik yog‘i indeksi fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 10.3 foizga pasaydi. Buning asosiy omillari bo‘lib xalqaro palma yog‘i narxlarining tushib ketishi, Malayziyada kutilgandanda ortiq mahsulot taklifini oshgani, Hindistonda importga bo‘lgan talabning vaqtinchalik kamaygani hamda koronavirus (KOVID-19) xavfining ortishi xizmat qildi.

FAO don mahsulotlari indeksi ham fevral oyida 0.9 foizga pasaydi. Bug‘doy narxlari yaxshi ta’minlangan bozorni aks ettirgan holda biroz tushgan bo‘lsa, kutilayotgan global iqtisodiyotning kuchsizlanishi esa chorvachilik ozuqasi sektorida talabning pasayishi ortidan makkajo‘xori narxlarini pasaytirdi. Uzoq Sharq va Sharqiy Afrika xaridorlarining kuchli talabini aks ettirgan guruchning xalqaro narxi, aksincha, o‘sdi.

FAO go‘sht mahsulotlari indeksi Xitoydagi importning kamayishi hamda portlardagi kargoning ushlanib qolishlari sababli yanvar oyiga nisbatan 2.0 foizga kamaydi. Yangi Zelandiyadagi qurg‘oqchilik natijasida so‘yish qo‘y go‘shti narxini pasayishiga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatdi, shu bilan birga parranda go‘shti narxlariga Osiyo davlatlarida importning pasayishi ta’sir ko‘rsatdi.

FAO sut mahsulotlari indeksi 4.6 foizga oshdi. Bu qisman Avstraliyada sut ishlab chiqarishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan pishloq narxining ko‘tarilishi ortidan ro‘y berdi. Sut kukunlari, aksincha, dunyoda sut kukuni importi bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lgan Xitoydagi logistika muammolari ortidan pasaydi.

FAO shakar narxi indeksi Hindistonda va Tailandda ishlab chiqarishni pasayishi istiqbollari va kuchli global import talabi sababli 4.5 foizga ko‘tarildi.

Jahon don mahsulotlari ishlab chiqarish istiqbollari qayta ko‘rib chiqildi

FAO, shuningdek, G‘arbiy Afrika va Ukrainada makkajo‘xori hosilining ko‘payishi sababli 2019 yildagi jahon don mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hisob-kitoblarini 2 milliard 719 million tonnagacha oshgan yangi don mahsulotlari va talablar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotini nashr etdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra 2020 yilda dunyoda bug‘doy yetishtirish 763 million tonnani tashkil etadi, bu 2019 yildagi rekord darajaga yaqin va 2020 yilda Argentina, Braziliya va Janubiy Afrikada qo‘pol don yetishtirish kuchli bo‘lishini ko‘rsatadi.

Dunyo bo‘yicha don iste’moli 2019/20 yilda rekord darajadagi 2 milliard 721 million tonnaga yetishi taxmin qilinmoqda, bu oziq-ovqat, ozuqa va ishlab chiqarishning yuqori darajada o‘sishi bilan bog‘liq.

FAO 2020 yilgi mavsum oxiriga kelib don zaxiralari prognozini qariyb 866 million tonnagacha oshirdi, natijada don iste’mol qilish dunyo miqyosida 30,9 foizni tashkil etadi.

FAO shuningdek, 2019/20-yillarda don mahsulotlarining jahon savdosi 2,3 foizga o‘sib, 420 million tonnagacha yetishini taxmin qilmoqda, bu rekord darajadagi ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bug‘doy yetkazib berishning o‘sishi kutilganidan ham ko‘p miqdorini tashkil etadi.