AQSH mudofaa vaziri Mark Esper koronavirus sababli Hindiston, Pokiston va O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifini keyinroqqa qoldirdi, deya xabar qildi vazirlik vakili Alissa Fara.

Pentagon rahbari Mark Esper ehtiyot choralari sifatida Hindiston, O‘zbekiston va Pokiston davlatlariga kutilayotgan tashrifini keyinroqqa qoldirishga qaror qilgan. Mark Esper AQSHda qoladi va mudofaa vazirligining koronavirusga qarshi choralar ko‘rishida yordam ko‘rsatadi.