Dunyoda COVID-19 koronavirusining tarqalishi pandemik xarakterga ega bo‘ldi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxan Gebreyesus chorshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Yaqin kunlarda va haftalarda biz kasallikka chalinish, o‘lim holatlari va taalluqli mamlakatlar sonining ortishini kutayapmiz», — dedi u.

Pandemiya deb infeksion kasalliklarning butun mamlakat, qo‘shni davlatlar va ba’zida dunyoning ko‘plab mamlakatlariga tarqalishini ifoda etuvchi noodatiy kuchli epidemiyaga aytiladi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida yangi turdagi koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 114 ta davlatda 118 ming nafardan oshdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 4291 nafar bemor vafot etgan.

O‘zbekiston koronavirus aniqlanmagan mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

JSST saytida koronavirus bo‘yicha aholi uchun tavsiyalar, tez-tez beriladigan savollarga javoblar va boshqa ma’lumotlar joylashtirilgan.