Sardor Umurzoqov nomzodi parlament tomonidan bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri palata yig‘ilishidan.

Sardor Umurzoqov (1977 y. t) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Reding universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. 2019 yil yanvaridan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Parlament quyi palatasi uning nomzodini ma’qullaganidan keyin bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmon prezident tomonidan imzolanishi lozim.