Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Nexia va FN 953 LOBOL traktori to‘qnashuvi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 9 mart kuni 9:00 da sodir bo‘ldi. Yengil avtomobil chapga qayrilayotgan traktorning omochiga borib urilgan.

Zarba ortidan Nexia yongan. Haydovchi va uning yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.