23−25 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan «Tashkent Law Spring» II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi, deya xabar qildi forum tashkiliy qo‘mitasi.

Mazkur qaror tadbir ishtirokchilari, jumladan xorijiy mehmonlar va O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Forumning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi, deya qayd etdi tashkilotchilar.

2019 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan «Tashkent Law Spring» birinchi xalqaro forumda 1200 dan ortiq huquqshunoslar, jumladan, dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan 250 nafar chet ellik ishtirokchi qatnashgan edi.