UzAuto Motors kompaniyasi bir qator Chevrolet modellarining yangi narxlarini e’lon qildi. So‘nggi marta ishlab chiqaruvchi mashinalar narxini 2017 yil iyunida (Spark, Nexia va Cobalt) va 2018 yil avgustda (Lacetti, Damas va Malibu) oshirgan edi.

Yangilangan narxlar ro‘yxatiga ko‘ra, komplektatsiyasidan kelib chiqqan holda Damas narxlari 10−21,1 foiz, Spark — 10−21,1 foiz, Nexia — 15−19,4 foiz, Cobalt — 10−14,7 foizga, Lacetti (jumladan gaz ballonli) — 3−3,1 foizga o‘sdi.

Malibu, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe modellari narxlari o‘zgarishsiz qoldi.