Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi shimoliy Ural rayonlaridan kirgan antitsiklonning nisbatan sovuq chegarasi ta’sirida bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Butun respublika bo‘yicha ob-havoning quruq va asosan quyoshli bo‘lishi kutilmoqda.

Antitsiklon chegarasining ta’siri natijasida tunda havo soviydi va 2−5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta-sekin isitadi va harorat 12−15 darajagacha iliydi, bu mart oyinining birinchi yarmi uchun o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga yaqindir.