9 mart kuni taniqli shoir Azim Suyun 72 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati.

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatidagi Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). U G‘afur G‘ulom nashriyotida, Davlat matbuot agentligida, Yozuvchilar uyushmasida, «Xalq so‘zi» va «O‘zbekiston ovozi» gazetalarida, «Guliston» jurnalida ishlagan.

«Mening osmonim» (1978), «Zarb» (1979; 1984) «Ziyo yo‘li» (1986), «Kuyganim — suyganim» (1992) «Qora ko‘zing sening» (1994), «Sharq xikmati» (2000), «Ey do‘st» (2005, to‘plamlari muallifi. Shoir bir necha dostonlar ham yozgan, ular orasida «Sarbadorlar» (1981) dostoni ham bor. Uning she’rlari chet tillariga tarjima qilingan.