Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga ham ayol kishi hokim etib tayinlandi. Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 6 mart kuni Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Unda shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Xashimov Muzaffar Kazimovich o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan Alimova Gavhar Зайировнанинг nomzodi Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Gavhar Alimova fevral oyida Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Yanvar oyida esa O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zoligi saylangan.

O‘zbekistonda ayol hokimlar soni 6 kishiga yetdi.