Juma va dam olish bayram kunlarida O‘zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antitsiklon chegarasi ta’sirida bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 7 martga o‘tar kechasi mamlakatimizning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1−2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7−12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik haroratdan sal pastdir.