Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida iqtidorli yoshlarning tabiiy fanlar sohasidagi g‘oyalari tijoratlashtirilishini rivojlantirish uchun C.A.T. Science Accelerator — ilmiy loyihalar startap-akseleratoriga arizalar joriy yilning yanvar-fevral oylari qabul qilindi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Akseleratorga jami 253 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, Andijondan — 11 ta, Buxorodan — 18, Gulistondan — 4, Jizzahdan — 6, Qarshidan — 1, Qoraqalpog‘iston (Nukus, To‘rtko‘l) — 9, Qo‘qon — 3, Navoi — 7, Namangan — 8, Samarqand — 5, Toshkent — 124, Toshkent viloyati (Olmaliq, Angren, Ohangaron, Bo‘ka, Qibray) — 10, Termez — 4, Urganch — 4, Farg‘ona — 17 ta, Qozog‘iston (Aktau, Olmaota, Taraz) — 4 ta ariza, Qirg‘iziston (Bishkek, O‘sh) dan 7 ta, Rossiya (Irkutsk, Moskva) — 2, Tojikiston (Dushanbe, Xorog, Xo‘jand) dan 8 ta ariza tushgan.

Mavzular bo‘yicha eng ko‘p — 81 ta ariza IT / raqamli texnologiyalar yo‘nalishida topshirilgan bo‘lsa, 49 ta ariza «yashil» texnologiyalar, 41 ta ariza — muqobil energiya manbalari mavzusiga, 36 ta ariza — diagnostika va biotibbiyot, 20 ta — oziq-ovqat bilan bog‘liq texnologiyalar, 22 ta — yangi materiallar 4 ta ariza turizm yo‘nalishida kelib tushdi.

Ilmiy loyihalar startap-akseleratoriga ariza topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 27−28 fevral kunlari «ScienceThon» tadbiri o‘tkazildi. Akselerator ishtirokchilari uchun ikki kunlik seminar tashkil etilib, unda 6 oylik Akselerator dasturi va ishtirok etish qoidalari haqida ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, ularga hakamlar oldida o‘z loyihalarini 5 daqiqalik taqdimotda namoyish etish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

28 fevral kuni esa ekspertlar komissiyasi taqdimotlarni tingladi. Bunda jamoalar o‘z g‘oyalari, loyihasining joriy ko‘rinishi, loyiha jamoasi, loyihani ishga tushirish uchun qanday resurslar/vositalar zarurligi va akseleratordan nimalarni kutayotgani borasida taqdimot o‘tkazdi.

O‘zbekistonda C.A.T. Science Accelerator ilmiy akseleratsiya dasturi ilk marta 2019 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning maqsadi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga ko‘mak berish hamda olimlar va biznes o‘rtasida yaqin aloqa o‘rnatishdan iborat. Akseleratorda ishtirok etgan ilmiy ishlanmalarga asoslangan uch startap-loyiha startap loyihalar tanlovida umumiy hisobda 200 ming dollar miqdorida investitsiyani qo‘lga kiritgan edi. «C.A.T. Science Accelerator»ning ishtirokchisi bo‘lgan besh jamoa o‘zlarining kompaniyasini yaratib, O‘zbekistonda samarali faoliyat olib bormoqda. Jamoalardan biri qo‘shma korxona tashkil etib, o‘z mahsulotini Qozog‘istonga import qilmoqda.

C.A.T. Science Accelerator`ning ilk jamoalari Skolkovo, Xitoy, AQSH mamlakatlarining olimlari va tadbirkorlari bilan aloqalar o‘rnatib, hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Akseleratorning bu yilgi dasturiga arizalar 17 yanvardan 20 fevralgacha qabul qilindi. Bu yil C.A.T. Science Accelerator ishtirokchilari akseleratsiyaning Accelerator.uzonlayn-platformasi orqali onlayn ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

C.A.T. Science Accelerator dasturi doirasida Mahalliy va AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya kabi davlatlardan kelgan xorijlik mentorlar ishtirokida seminar hamda mentorlik sessiyalari va Hindistondan kelgan ekspert bilan birga G‘oyaTon / ScienceThon tadbirlari tashkil etiladi.

Akseleratorning yakuniy bosqichiga o‘tganlar uchun eng yaxshi ilmiy startap — Skolkovodan kelgan mutaxassislar tomonidan maslahat treningi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

C.A.T. Science Acceleratorning har bir jamoasi — turli mutaxassislar hamkorligining harakat mahsulidir. Loyihalarda olimlar bilan birgalikda marketologlar, yuristlar, iqtisodchilar va boshqa kasb egalari bo‘lgan mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Ekspert komissiyasi taqdimotlarni bir necha kun tinglagach, Toshkent shahri va viloyatlardan 29 ta, shuningdek Qirg‘izistondan bitta loyiha tanlab olindi.

1. Akmal Qo‘ziyev, bioidish ishlab chiqarish

2. Olimjon Yusupov, havo massalarini tozalash

3. Anvar Hamroyev, 3D-modellashtirish CybEYE

4. Saidjonov Behruz, suvni tozalash

5. E’zoz Ozodov, yer sho‘rlanishi, Defuse loyihasi

6. Shoxista Rustamova, onkomarkerlar

7. Alisher Jumayev, bog‘lovchi materiallar

8. Mehriddin Astonov , ovqatlanish ratsionida xlorella va spirulinadan foydalanish

9. Xudaybergenov Anvar , robototexnika, Technobot konstruktori

10. Raxmedova Manona , sochni o‘stiruvchi sprey

11. Mansurova Nargiza, VR orqali neyroreabilitatsiya

12. Valeriy Yun , yumshoq turdagi disklar

13. Yuldasheva Maftuna , o‘simlik xom ashyosidan olingan sut

14. Akmal Xidirov, maxsus texnika va uskunalar monitoringi

15. Dildora Yusupova, chandiqlarning bitishi uchun vosita

16. Zilola Muminjonova , o‘simliklar uchun biopreparatlar

17. Azim Umarov, bioparchalanuvchi plastik ishlab chiqarish texnologiyasi

18. Xilola Raxmanova , sedaktiv ta’sirli biologik faol qo‘shimcha

19. Madina Qudratxo‘jayeva , dukkakli o‘simliklar uchun biopreparat

20 Alisher. Ismailov , suv o‘tlarini kultivatsiya qilish uchun bioreaktor

21. Rasulova Dilbar, insultdan keyin nutqini yo‘qotgan insonlar reabilitatsiyasi uchun ilova

Hududlardan loyihalar:

1. Nutfullayev Tolib , Buxoro, Safe Food yarim tayyor mahsulotlar

2. Dildora Taylakova , bolalarda gipoplaziyani davolash uchun Dental Gel

3. Alыm Asamatdinov, Nukus, chigit ekish uchun gidrogelli to‘r

4. Sarvar Murodov, Guliston (batat yetishtirish va undan chipslar ishlab chiqarish)

5. Lola Yettibayeva , efir moylari, Guliston

6. Jusupbekova Kasiyet , Qirg‘izston, portativ shamol generatorlari

7. A. Yo‘ldoshev, (Andijon), pulpitni davolash uchun Biodent pastasi

8. Shopo‘latov O‘tkirjon (Guliston), mahalliy xomashyodan induktorlar ishlab chiqarish

Akseleratorning ilk mashg‘uloti 7 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Akselerator dasturi 6 oyga mo‘ljallangan.