Adliya polkovnigi Bahodir Karimberdiyevich Xudoyberdiyev O‘zbekiston Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda harbiy prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston bosh prokurori 3 mart kuni bu haqdagi buyruqqa imzo chekdi.Bahodir Xudoyberdiyev.

Shuningdek, adliya mayori Sarvar Sattarovich Muxitdinov harbiy prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Muxitdinov.

Avvalroq Uzoqov Shuhrat Sharapovich O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimiga tayinlangani haqida xabar qilingan edi.