Buxoro shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar qildi shahar ma’muriyati matbuot xizmati.

Tashkiliy masala 4 mart kuni viloyat hokimi v. b. Karim Kamolov raisligida bo‘lib o‘tgan shahar faollarining yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, 29 fevral kuni Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan O‘ktam Barnoyev o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.