O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mart oyida Seuldan Toshkentga amalga oshirilishi rejalashtirilgan aviareyslar jadvalini e’lon qildi.

Oy davomida jami to‘rtta reys tashkil etiladi:

  • 8 mart — Uzbekistan Airways;
  • 15 mart — Koreya Respublikasi aviakompaniyasi;
  • 22 mart — Uzbekistan Airways;
  • 29 mart — Koreya Respublikasi aviakompaniyasi.

Toshkentga qaytgach, yo‘lovchilar poytaxtdan tashqaridagi maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar. Tegishli tekshiruvdan o‘tganidan keyin yashash joyiga qaytish uchun ruxsat beriladi, deya qo‘shimcha qildi TIV.

Aviachiptalar harid qilish masalalari bo‘yicha +82 2 754−1041 (KORUZBEK AGENCY) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Janubiy Koreyada koronavirus avj olgani munosabati bilan 1 martdan Seulga parvozlarni to‘xtatdi.