Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 29 fevral kuni viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari joylashgan ko‘cha va ichki yo‘llarda transport vositalarining harakat tezligini cheklash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjat viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida harakat xavfsizligini ta’minlash, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan.

Qarorda 815 ta maktabdan iborat ro‘yxat keltirilgan bo‘lib, ular yaqiniga 30 km/s, 40 km/s yoki 50 km/s tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, viloyat IIB YXXBga joriy yil yakuniga qadar viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari joylashgan ko‘chalar hamda ichki xo‘jalik yo‘llariga avtotransport vositalarining harakatini cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda tizimli nazorat o‘rnatish topshirildi.