3 mart kuni ertalab 6:54 da Bektemir tumanidagi «Qo‘yliq» bozori qarshisida joylashgan gril tayyorlash va sotish do‘konida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati.

Yong‘in natijasida gril tayyorlash va sotish do‘konining 15 kv.m., parfyumeriya do‘konining 10 kv.m. hamda «Taom» MCHJ do‘konlarining 15 kv.m maydoni yongan.

Foto: FVV matbuot xizmati.

Yong‘in oqibatida do‘konlarning ichki va tom qismi yongan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 07:19 da bartaraf etilgan hamda yong‘inga tutash bir qancha do‘konlar maydoni saqlab qolingan, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Yong‘inni bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. Yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.