O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Raqamli rivojlanish vazirligi etib qayta ta’sis etilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan prezident farmoni loyihasida bu haqda so‘z boradi.

Farmon loyihasida elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, raqamli iqtisodiyotni o‘rganish markazi va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish byudjetdan tashqari fondi tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Farmon loyihasi bo‘yicha muhokamalar 17 martgacha davom etadi.