Karim Jamolovich Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi, xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Buxoroda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov hozirga qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolovni yangi lavozimga tayinlanishi haqidagi prezident farmoni bilan tanishtirdi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati

Karim Kamolov (1954 yili tug‘ilgan) Buxoro davlat muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. 1997−2011 yillar davomida Buxoro shahrini boshqargan Karim Kamolov olti yillik tanaffusdan so‘ng shahar hokimligiga qaytarilgandi.

Viloyatga rahbarlik qilib kelgan O‘ktam Barnoyev hukumatdagi yangi lavozimga o‘tkazilgani munosabati bilan mehnat jamoasi bilan xayrlashdi. Xabar berganimizdek, u bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.