Suriya hukumat kuchlari tomonidan ushbu mamlakatning Idlib viloyatida amalga oshirgan havo hujumi natijasida 22 nafar turk askari halok bo‘ldi. Keyinroq yana 11 nafar yaralangan askar vafot etdi va ularning umumiy soni 33 kishiga yetdi, deb xabar berdi «RBK». Kasalxonaga yotqizilgan harbiy xizmatchilar soni 32 nafarni tashkil etmoqda.

Harbiy xizmatchilarning o‘limidan so‘ng Turkiya prezidenti Rejep Erdog‘an xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘ngra Anqara Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga javob zarbalarini berdi.

Idlib provinsiyasida yuz bergan voqealar manzarasida bir qator Internet provayderlarining Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va YouTube`ga kirishga cheklovlar kiritgani haqida xabarlar kelib tushmoqda. Bunga halok bo‘lgan harbiylar soni haqidagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi sabab bo‘lgan.

Idlibdagi vaziyat 10 fevral kuni Suriyaning Taftanaz shahrida turk postining o‘qqa tutilishi oqibatida 5 nafar turk askari halok bo‘lganidan so‘ng keskinlashgan edi.