Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 27 fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga amalga oshiriladigan barcha parvozlarni to‘xtatdi, deya xabar qildi tashuvchi matbuot xizmati.

Bu Saudiya Arabistoni hukumatining 25 davlat, jumladan O‘zbekistondan ziyoratchilar va sayohatchilarning kirishini vaqtincha to‘xtatgani bilan bog‘liq.

Mamlakat hukumati ushbu qarorning qabul qilinishini COVID-19 koronavirusi tarqalishi xavfining oldini olish zaruriyati bilan bog‘ladi.

Uzbekistan Airways yaqin vaqtlarda Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida bir qancha reyslar tashkil etilishini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 71−240−39−33 yoki aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga 78−140−02−00 raqami orqali murojaat qilish mumkin.