Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar masalalari bo‘yicha guruhi mas’ul kotibi Yan Szechi Markaziy Osiyoga turne boshlamoqda. Uning xorijiy safari 29 fevral — 4 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Xitoy hukumatiga tegishli telekanal jurnalisti.

Partiya siyosiy byurosi a’zosi hamda 2007−2013 yillarda mamlakatning tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan Yan Szechi O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istonga tashrif buyurishi rejalashtirgan.

Yan Szechi 2001−2005 yillarda Xitoyning AQSHdagi elchisi lavozimida ishlagan, shuningdek, Xitoyning zamonaviy tashqi siyosati me’morlaridan biri sanaladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bayonotiga ko‘ra, Yan Szechining O‘zbekiston prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvi belgilangan.