Toshkent shahrida «Y.C.» MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarning 2019 yilda 2,4 mlrd so‘mlik turli xil xaridorgir tovarlarni naqd pulga sotishib, faoliyati bo‘yicha hisobot topshirmasdan, 471,7 mln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganliklari aniqlandi. Bu haqda nazorat organi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlariga qonuniy tus berish maqsadida boshqa yangi korxonalarni tashkil etishib, ularning nizom jamg‘armalarini noqonuniy daromadlari hisobidan shakllantirganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «O.G.» MCHJ rahbari A.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 2019 yilda bank muassasasidan ajratilgan 1 mlrd 460 mln so‘m kredit mablag‘larini turli yo‘llar bilan naqdlashtirishga erishib, kredit qarzdorligini to‘lamasdan, talon-toroj qilganligi aniqlandi.

U ushbu mablag‘lar hisobidan «Malibu» rusumli avtomashinasi hamda 92 mln so‘mlik xo‘jalik va maishiy texnika vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.