Saudiya Arabistoni hukumati Makkada umra (kichik haj) qilish va Madinadagi Payg‘ambar masjidiga tashrif buyurish maqsadida mamlakatga kirishni to‘xtatdi. Bu haqda Qirollik Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi.

Ushbu qaror COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish choralari doirasida qabul qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, «yangi koronavirusning tarqalishi xavfli bo‘lgan» mamlakatlarning fuqarolari uchun turistik vizalar bilan kirish to‘xtatilishini e’lon qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 26 fevral holatida koronavirus infeksiyasining 38 davlatda tarqalgan. Dunyo bo‘yicha kasallanganlarning umumiy soni — 81,1 ming kishini tashkil etmoqda, 2,7 mingdan ortiq odam vafot etgan.