26 fevral kuni soat 22:37da Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Buxoro shahar Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi bir qator savdo majmularida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Yong‘in aks etgan videoyozuv Telegram-kanallarida tarqaldi. Xususan, «Podslushano v Buxare | PvBux» kanalida hodisa vaqtida vokzal yo‘lining yopilgani, qolgan do‘konlar egalari shoshilinch ravishda o‘z tovarlarini tashiyotgani yozilgan (video).

Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobili va 20 tadan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib,soat 00−40 da yong‘in tarqalishining oldi olindi va soat 01: 30 da batamom o‘chirildi.

Yong‘in maydoni 520 kv. m. ni tashkil etdi.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Xozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda