O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lgan 13 ta yirik korxonani isloh qilish rejalashtirilmoqda. Prezidentning tegishli farmoni loyihasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligi yetarli darajada emasligi holatida ularning soni yuqoriligicha qolmoqda.

Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi korxonalarning eksport salohiyati va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi bilan bir qatorda ishlab chiqariladigan mahsuloti (ko‘rsatiladigan xizmatlari) sifati past darajada qolmoqda, energiya tejaydigan uskunalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmaganligi sohaga investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilgan holda mahsulotning tannarxini yuqori bo‘lishiga va korxonalarning raqobatbardoshligini pasayishiga olib kelmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektor rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun teng sharoitlar yaratish orqali raqobat muhitini rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida davlat ishtirokidagi har bir korxona hatlovdan o‘tkazilganligi va o‘rganib chiqilgan.

1 mayga qadar Loyiha ofislarini tashkil qilishni nazarda tutgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Isloh qilinadigan davlat ishtirokidagi korxonalar:

Nomi

Isloh qilinadigan yil

1

«O‘zbektelekom» AK

2020 y.

2

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

2020 y.

3

«O‘zmaxsusmontajkurilish» AJ

2020 y.

4

«O‘zdonmaxsulot» AK

2020 y.

5

«O‘zbekozikovkatxolding» AJ

2020 y.

6

«O‘zagrokimyoximoya» AJ

2020y.

7

«O‘zpaxtasanoat» AJ

2020y.

8

«O‘zavtosanoat» AJ

2021y.

9

«O‘zagrosanoattexxolding» AJ

2021y.

10

«Toshshaxartransxizmat» AJ

2021y.

11

«O‘zagroservis» AJ

2021y.

12

«O‘zkimyosanoat» AJ

2021y.

13

«O‘zbekkino» korxonalari

2021y.

Bundan tashqari, 2020 yilda 822 ta davlat aktivlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish choralarini ko‘rish, ulardan 781 tasini davlat xususiy mulkka sotish, 41 ta davlat unitar korxonasi va muassasini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish rejalashtirilmoqda.

Farmon loyihasi muhokamalari 11 martga qadar davom etadi.