Toshkent shahri va viloyatlar IIB boshliqlariga yangi o‘rinbosarlar — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Podpolkovnik Turdibayev Omirbay Keulimjayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Omirbay Turdibayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Nishanov Maxamadjon Sadikjonovich Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Maxamadjon Nishanov Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Boltayev Jonibek Hamidovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jonibek Boltayev Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Avazov Jo‘rabek Fayzullayevich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jo‘rabek Avazov Jizzax viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Yaxshiyev Umid Nosirovich Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Umid Yaxshiyev Qashqadaryo viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Adizov Umidjon Xasanovich Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Umidjon Adizov Navoiy viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xujakulov Oybek Aloxonovich Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Oybek Xujakulov Namangan viloyati IIB tezkor-ma’lumotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Xalimov Akram Xamidovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Akram Xalimov Samarqand viloyati Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Uralov Sharof Urazaliyevich Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sharof Uralov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mengliyev Faxriddin Valiyevich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Faxriddin Mengliyev Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Kozimov Azamat Kamilovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Azamat Kozimov Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Ibragimov Ismatjon Nigmatjonovich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ismatjon Ibragimov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining to‘rtinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili — markaz boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Asqarov Dilmurod Qobilovich Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Dilmurod Asqarov Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Raximov Sardorbek Qabulovich Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sardorbek Raximov Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Vafoyev Maxkam Mirjonovich Toshkent shaxar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Maxkam Vafoyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.