Misrning sobiq prezidenti Husni Mubarak uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 91 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi RIA Novosti mamlakat davlat televideniyesiga tayanib.

Yanvar oyi oxirida sobiq davlat rahbari oshqozonidagi o‘simtani oldirgan edi. Sog‘lig‘i yomonlashgandan so‘ng, u harbiy kasalxonalardan birida jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Husni Muborak 1981 yilda hokimiyatga kelgan va Misrni 30 yil boshqargan. 2011 yil fevral oyida ro‘y bergan ommaviy namoyishlar ortidan iste’foga chiqdi.

Misrning sobiq rahbariga qarshi bir nechta, jumladan korrupsiya va namoyishchilarning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Siyosatchi qariyb olti yil qamoqda o‘tirdi va 2017 yilda ozod qilindi.