Farhod Nuriddinovich Arziyev O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, xabar berdi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi.

Farhod Arziyev 2017 yildan O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi, 2019 yil martidan boshlab, bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Bangladeshdagi elchisi sifatida ishlab kelgan.

U Toshkent davlat universiteti (1997), Londondagi Siti universiteti (2000) hamda AQSHdagi Kentukki universitetining Patterson nomidagi Diplomatiya va xalqaro savdo maktabi (2011) bitiruvchisi sanaladi.

Farhod Arziyev turli yillarda O‘zbekiston milliy axborot agentligi (1997−2000), Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi «Jahon» axborot agentligi (2002−2004), O‘zbekistonning Nyu-Yorkda (2004−2008) va Jenevada (2008−2009) joylashgan BMTdagi doimiy vakolatxonalarida, TIV BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari boshqarmasida (2012−2014) hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi o‘rinbosari va maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2018 yil noyabridan beri vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhom Ne’matov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlagan.