Italiya fuqarosi Jorjo Geno Toshkentda ijarada turgan kvartirasida o‘lik holda topildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

16 fevral kuni taxminan 23:00 da Mirobod tuman IIO FMB navbatchilik qismiga F. B. — Jorjo Geno (1992 yilda tug‘ilgan) vaqtinchalik propiska bilan yashab turgan kvartira egasidan xabar kelib tushgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyi tekshirganda, kvartiraning eshigining buzilmagani, xonalardagi narsalar joyida ekani va marhumning tanasida tan jarohatlari yo‘qligi aniqlandi.

O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi. Sudgacha tergov tekshiruvi olib borilmoqda.

Jorjo Genoning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar italyan OAVlarida 20 fevral kuni paydo bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yosh yigitning ota-onasi u bilan uch kun davomida bog‘lana olmagan va mahalliy hokimiyatdan yordam so‘ragan.

Foto: starnow.com.au.

Qayd etilishicha, ko‘p yillar davomida Jorjo Geno xorijda — Avstraliya va sobiq ittifoq davlatlarida yashagan. Bir necha oy muqaddam u O‘zbekistonga kelgan. Ota-onasining xabar qilishicha, farzandlarining salomatligida biror-bir muammo bo‘lmagan, u bodibilding bilan shug‘ullangan.

Avstraliyaning Star Now sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Jorjo Geno boshlovchi aktyor va model bo‘lgan.